Davomat · Smenalar · Maosh
Xodimlar davomatini telefon orqali nazorat qiling
Xodim o'z telefonidan yuzi va joylashuvi bilan ishga kiradi. Siz kim ishda, kim kechikkanini real vaqtda ko'rasiz — smenalar, ta'tillar va maosh bitta panelda.
Karta kerak emas · 2 daqiqada sozlanadi · O'zbek, rus, ingliz tillarida
Tanish muammolar
Davomat qog'ozda qolsa, haqiqat yo'qoladi
Kim kechikdi — aniq emas
Qog'oz jurnal yoki xotiraga tayanib, oy oxirida haqiqiy manzarani tiklab bo'lmaydi.
Soatlarni Excel'da sanash
Har oy bir necha kun qo'lda hisob-kitobga ketadi va bitta xato butun maoshni buzadi.
Bir xodim boshqasini belgilaydi
Oddiy tugma yoki umumiy jurnal bilan davomatni ishonchli qilib bo'lmaydi.
Imkoniyatlar
Davomatdan maoshgacha — bitta tizimda
Kerakli narsalar ishlaydi, ortiqchasi yo'q. Kundalik ish uchun mo'ljallangan.
Yuz orqali tasdiqlash
Xodim selfi bilan kiradi — boshqa odam uning o'rniga belgilay olmaydi.
Ish joyi va geozona
Kirish faqat belgilangan filial hududida ishlaydi. Joylashuv har bir yozuvda saqlanadi.
Smenalar va jadval
Har bir kun uchun boshlanish va tugash vaqti, kechikish chegarasi, dam kunlari.
Real vaqt panel
Hozir kim ishda, kim kechikdi, kim kelmadi — sahifani yangilamasdan ko'rinadi.
Ta'til so'rovlari
Xodim ilovadan so'raydi, siz bir bosishda tasdiqlaysiz — hammasi tarixda qoladi.
Maosh va hisobotlar
Ishlangan soatlar maosh rejalariga ulanadi; hisobotni CSV'ga yuklab olasiz.
Qanday ishlaydi
Uch qadamda ishga tushadi
Tashkilotni yarating
Ro'yxatdan o'ting va bir necha savolga javob bering. Sozlash 2 daqiqa oladi.
Xodimlarni qo'shing
Har bir xodimga SMS orqali parol boradi. Smena va ish joyini belgilaysiz.
Ular telefondan kiradi
Ilova o'rnatish shart emas — brauzerdan ochadi, yuzi va joylashuvi tekshiriladi.
Ilova ichidan
Haqiqiy ekranlar, bezaksiz

Bugungi holat bir qarashda: kim ishda, kechikishlar, kelmaganlar va ta'tildagilar.
Savollar
Ko'p so'raladigan savollar
Xodimlarga alohida qurilma kerakmi?
Yo'q. Har bir xodim o'z telefonidan brauzer orqali kiradi — ilova o'rnatish shart emas.
Yuz tanish qanday ishlaydi?
Xodim bir marta yuzini ro'yxatdan o'tkazadi. Keyin har safar ishga kirishda selfi olinadi va tasdiqlanadi.
Xodim ish joyidan tashqarida kira oladimi?
Siz hal qilasiz. Geozona yoqilganda kirish faqat filial hududida ishlaydi; aks holda joylashuv shunchaki yozib boriladi.
Ma'lumotlar qayerda saqlanadi?
O'z serverimizda, har bir tashkilot uchun alohida. Boshqa mijozlar sizning ma'lumotlaringizni ko'ra olmaydi.
Qaysi tillarda ishlaydi?
O'zbek, rus va ingliz tillarida. Til xodim va rahbar uchun alohida tanlanadi.
Nechta xodimgacha mos keladi?
Kichik do'kondan bir necha filialli jamoagacha. Hozir tizimda har kuni 120 dan ortiq xodim ishlaydi.
Davomatni bugundan avtomatlashtiring
Ro'yxatdan o'ting, birinchi xodimingizni qo'shing va ertalabki smenani Klokk'da kuzating.
Bepul boshlash